2019 yil boshidan buyon O‘zbekistondan olib kelingan mahsulotlar YeOII fitosanitariya talablariga javob bermasligi bo‘yicha 365ta holat qayd etildi. Bu haqda Qirg‘iziston Qishloq, oziq-ovqat sanoati va melioratsiya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi, deb yozmoqda Elgezit.
Qayd etilishicha, 10ta holatda mahsulot kasallikka chalingani aniqlangan.
«Aniqlanishicha, O‘zbekistondan olib kelingan anor zararlangan bo‘lgan. Mahsulotlar O‘zbekistonning fitosanitariya nazorati bo‘yicha organi guvohnomasi bilan birga kelgan. O‘shdagi laboratoriyada tekshiruvdan o‘tkazilganda, Grapholitha molesta Busck virusi aniqlandi. Ushbu holatdan keyin 35 tonna boshqa mevalar nazorat-o‘tkazish punktlari orqali kiritilmadi», - deya ta'kidlab o‘tishgan Qishloq xo‘jaligi vazirligida.
Ta'kidlanishicha, YeOII qoidalariga muvofiq, bunday hollarda mahsulotlarni olib kirishga taqiq joriy qilinishi mumkin. Qishloq xo‘jaligi vazirligi O‘zbekistonning tegishli idoralariga vaqtincha taqiq joriy etilishi to‘g‘risida ogohlantiruvchi xat yuborgani aytiladi.