O‘zbekistondagi ilk MMA turniri uchun chiptalar sotuvi boshlandi

Sport 16:13 / 14.11.2019 27218

23 noyabr kuni aralash jang san'ati bo‘yicha O‘zbekistondagi ilk musobaqa – GFC turnirining 20-seriyasi Toshkentda bo‘lib o‘tadi.

Janglarni taniqli dog‘istonlik MMA ustasi Habib Nurmagomedov kuzatib boradi. Ishtirokchilar orasida uning ukasi – Umar Nurmagomedov ham bor. Umar GFC chempionlik kamari uchun Nikita Chistyakovga qarshi oktagonga chiqadi.

Umuman, Gorilla Fighting Championship`da jami 26 sportchi qatnashadi, ulardan 8 nafari – o‘zbekistonlik jangchilar.

13ta jangdan iborat turnir Toshkentdagi «Humo» arenasida o‘tkaziladi. Bahslar shanba oqshomida, soat 18:00da boshlanishi belgilangan.

Musobaqadan bir kun oldin, 22 noyabr soat 20:00da «Tashkent City»dagi Kongress-hollda ishtirokchilarning vazn o‘lchash tadbiri katta shou shaklida tashkil etiladi.

Turnir uchun chiptalar narxi 30 mingdan 300 minggacha, vazn o‘lchash marosimi chiptalari esa 30-90 ming so‘m oralig‘ida belgilangan. Chiptalarni iticket.uz saytida sotib olish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, oktabr oyida O‘zbekiston aralash jang san'ati federatsiyasi ochilgan, unga Otabek Umarov prezident etib saylangan edi.

Bundan oldin, Habib Nurmagomedov O‘zbekistonda MMA akademiyasini ochish niyatida ekanini aytgandi.

Ko‘proq yangiliklar: