O‘zbekiston Bosh prokurori Rossiya Bosh harbiy prokurori bilan uchrashdi

O‘zbekiston 00:43 / 14.11.2019 9111

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshev Rossiya Federatsiyasi Bosh harbiy prokurori Valeriy Petrov boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Uchrashuv davomida mehmonlarga prokuratura faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari va asosiy o‘zgarishlari haqida ma'lumot berildi.

Tomonlar hamkorlikning keng ko‘lamli masalalari, avvalo, ekstremizm, terrorizm va uyushgan jinoyatchilikning boshqa shakllariga qarshi kurashish yuzasidan fikr almashdi.

Idoralararo hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari, shuningdek, tomonlarni qiziqtirgan masalalar muhokama qilindi.

O‘z navbatida, Petrov mehmondo‘stlik va samimiy qabul uchun O‘zbekiston Bosh prokuroriga samimiy minnatdorlik bildirdi va Rossiya Federatsiyasi Bosh harbiy prokuraturasining asosiy faoliyati bilan tanishtirdi.

Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro manfaatli idoralararo hamkorlikni rivojlantirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar. Xususan, jinoyatchilikning oldini olish va bartaraf etish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash hamda prokuratura kadrlarini tizimli o‘qitish, tayyorlash, qayta tayyorlash va malaka oshirish sohalarida tajriba almashish orqali hamkorlikni rivojlantirish ko‘zda tutildi.

Ko‘proq yangiliklar: