Fransiyada zilziladan keyin atom elektr stansiyasi bir oyga to‘xtatildi 

Jahon 21:38 / 14.11.2019 4195

Fransiya janubida 11 noyabrda yuz bergan zilziladan keyin Kryua atom elektr stansiyasining uchta reaktori bir oyga to‘xtatib qo‘yildi. Ular dekabrning birinchi yarmidagina ishga tushiriladi. Bu haqda Fransiya energetik operatori EDF ma'lum qildi. 

“EDF reaktorlar ishlashini sekin-asta tiklaydi”, deyilgan kompaniya bayonotida.

Ta'kidlanishicha, tekshiruvning dastlabki natijalariga ko‘ra reaktorlarda zilzila vaqtida hech qanday shikastlar aniqlanmagan. Biroq qo‘shimcha profilaktika tadbirlari o‘tkazilishi talab etiladi. Shu sababli AESning 2-, 3- va 4-reaktori ishi to‘xtatilgan. 

11 noyabrda Fransiyada 5,4 magnitudali zilzila yuz bergandi. Zilzila kuchi Lion, Monpele, Avinon, Sent-Eten, Grenobl, Marsel shaharlarida bir necha soniya davomida sezilib turgan.

Ko‘proq yangiliklar: