AQSh harbiy nizo yuz bersa Koreyani himoya qilishga tayyorligini tasdiqladi

Jahon 20:30 / 14.11.2019 10075

AQSh qurolli kuchlari tashqi tajovuz holati yuz bersa Koreya Respublikasini himoya qilishga tayyor. Bu haqda Janubiy Koreya va AQSh qurolli kuchlari birlashgan qo‘mitalarining raislari o‘rtasidagi muzokaralar yakuni bo‘yicha e'lon qilingan qo‘shma bayonotda aytiladi.

"Mark Milli Vashington Koreya yarim orolidagi xavfsizlikka nisbatan har qanday tahdidga AQSh qurolli kuchlarining bor salohiyatidan foydalanib javob qaytarishga tayyorligini tasdiqladi", - deya bayonotdan iqtibos keltirmoqda Yonhap agentligi.

Tomonlar shuningdek, mintaqadagi xavfsizlikka oid qator masalalarni muhokama qilgan.

1950-53-yillardagi Koreya urushidan so‘ng Janubiy Koreya mamlakatni KXDR hujumidan himoya qilish uchun o‘z qo‘shinlarini boshqarish huquqini AQShga bergan. Tinchlik davrida qo‘shinlarni boshqarish huquqi 1994 yilda Seulga qaytarilgan, biroq qurolli nizo vaqtida tezkor boshqaruv huquqi Vashingtonda qolgan.

Ko‘proq yangiliklar: