AOKAda amaliy uchrashuv: jurnalistlar va matbuot kotiblari o‘zaro fikr almashdi

O‘zbekiston 21:53 / 14.11.2019 3445

14 noyabr kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida media sohasi vakillarining amaliy uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Agentlik direktori Komil Allamjonov, uning o‘rinbosarlari Saida Mirziyoyeva va Dilshod Saidjonov ishtirokida o‘tgan uchrashuvda OAV vakillari va matbuot kotiblari o‘zaro fikr almashdilar.

Uchrashuvda, Saida Mirziyoyeva ta'biri bilan aytganda, «to‘plangan dardlar bug‘i chiqarildi».

«Bugun barcha matbuot kotiblar hamda mamlakat media vakillarini to‘plab, ikki tomonni bir-biri bilan yuzlashtirdik.

Tadbirda fikrlar ochiqchasiga gapirildi, o‘rtadagi muammolar muhokama qilindi. Achchiq tanqidlar ham bo‘ldi, to‘plangan dardlar bug‘i chiqarildi. Asosiysi, foydasi sezildi.

Sifatli hamkorlik uchun rosa kerak bunday uchrashuvlar. Bu endi tizimli bo‘ladi. Shu orqali matbuot xizmatlari tomonidan aholiga o‘z vaqtida yangiliklarni berib borilishiga erishamiz, albatta», – deya amaliy uchrashuvga o‘z munosabatini bildirdi Mirziyoyeva.

Ko‘proq yangiliklar: