«Qishloq qurilish bank»: qonunlar ijrosi nazorati yangi parlamentga uzviy bog‘liq

O‘zbekiston 11:07 / 13.11.2019 4111

Aksiyadorlik-tijorat «Qishloq qurilish bank» va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Xalqaro matbuot markazi hamkorligida «Yangi O‘zbekiston – yangi saylovlar» mavzusida tadbir o‘tkazildi. Unda Markaziy saylov komissiyasi a'zolari, bank xodimlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda mamlakatimiz muhim siyosiy jarayonlar arafasida ekanligi, 22 dekabr kuni parlamentga va xalq deputatlari mahalliy kengashlariga o‘tkaziladigan saylovlarda qaysi sohada faoliyat yuritishidan qat'i nazar har bir fuqaro faol ishtirok etishi lozimligi ta'kidlandi.

Qayd etildiki, bu yilgi saylovlarning «Yangi O‘zbekiston – yangi saylovlar» shiori ostida o‘tkazilishida chuqur ma'no bor. Mazkur saylovlarning natijasi va yakunlari yangilanayotgan O‘zbekistonning taqdiri uchun dolzarb ahamiyatga ega.

Ayni vaqtda «Qishloq qurilish bank» tizimidagi mavjud 42 ta filialda 3 mingdan ortiq xodim ishlamoqda. Bank xodimlari o‘z navbatida saylovchi hamdir. Shu boisdan bank rahbariyati xodimlarning saylovlarga oid bilimlari va ko‘nikmalarini oshirishga alohida e'tibor bermoqda. Shu kunlarda bankning barcha filiallarida saylov qonunchiligiga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda.

– Kuni kecha bank-moliya sohasini tartibga soluvchi qator qonunlar, xususan, «O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida»gi, «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi qonunlar yangi tahrirda qabul qilindi, – dedi ATB «Qishloq qurilish bank» Boshqaruvi raisining axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi Shuhrat Oripov. – Bu qonunlarning ijro etilishi ustidan nazorat ko‘p jihatdan yangidan shakllanadigan parlament faoliyatiga uzviy bog‘liq. Mana shu jihatlar bugungi  kunda bank  sohasida ishlayotgan xodimlarning yaqinlashib kelayotgan saylovlarda yanada faol bo‘lishini taqozo etadi.

Tadbir yakunida «Qishloq qurilish bank» xodimlari Markaziy saylov komissiyasi Xalqaro matbuot markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

«Qishloq qurilish bank» – farovon hayotingiz xizmatida!

Murojaat uchun telefonlar: (+99878) 150-93-39, 150-39-93

Veb-sayt: www.qqb.uz

Telegram: t.me/QQBank

Facebook: fb.com/official.qqb.uz

Bank axborot xizmati

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: