Pokiston muxolifati yetakchisi umummilliy norozilik namoyishlari boshlanishini e'lon qildi

Jahon 21:35 / 13.11.2019 5742

Pokistondagi eng yirik muxolifatchi partiya bo‘lgan "Jamoat ulamoi Islomi" yetakchisi Fazl-ur-Rahmon butun mamlakat bo‘ylab norozilik namoyishlari boshlanishi haqida e'lon qildi.

"Biz Islomoboddagi 13 kunlik o‘tirgan holatdagi norozilik namoyishini yakunlaymiz. Buning o‘rniga butun mamlakat bo‘ylab norozilik namoyishlarini boshlaymiz", dedi. Rahmon shuningdek, muxolifat bosh vazir Imron Xon iste'foga chiqmaguniga qadar namoyishlarni davom ettirishini ta'kidladi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, namoyishchilar Kvetta - Chaman trassasini to‘sib qo‘yishgan.

"Ertadan Panjob va Sindni bog‘lovchi yo‘l hamda boshqa avtotrassalar to‘siladi", - deb qo‘shib qo‘ydi u.

27 oktyabrda "Jamoat ulamoi Islomi" partiyasi tarafdorlari boshqa yirik muxolifat birlashmalari bilan birgalikda Pokistonning turli shaharlaridan Islomobod tomon yo‘l olishdi. Ular 1 noyabr kuni Islomobodga yetib kelishdi. Tashkilotchilar bosh vazirning iste'fosini talab qilib, o‘tirgan holda namoyish o‘tkazishni boshlashgandi.

Ko‘proq yangiliklar: