«O‘rgimchak-odam» Alen Rober Parijdagi 152 metrlik binoni zabt eta olmadi

Jahon 19:52 / 13.11.2019 8671

Avgustda 57 yoshini qarshilagan ekstremal 13 noyabr soat 11 atrofida binoga ko‘tarilishni boshlagan va binoning eng yuqorisiga deyarli chiqa olgan. Biroq ekstremal binoning tomiga chiqishni uddalay olmay, yuqori qavatdagi xonalardan birining oynasi orqali bino ichiga kirgan. Uning ortidan politsiyachilar kuzatib turishgan. Rober liftda birinchi qavatga tushgach, politsiyachilar tomonidan ushlanib, komissariatga olib ketilgan. 

Bu Roberning joriy yilda Defansdagi ofis binolariga ikkinchi ko‘tarilishidir. 25 mart kuni u Engie energetik kompaniyasining 145 metrlik binosiga 45 daqiqa ichida ko‘tarila olgandi.

Ginness rekordlar kitobiga kiritilgan fransuzning hisobida bunday ko‘tarilishlardan yuzga yaqin bor. U o‘z vaqtida AQShdagi Empayr-steyt-bilding, Parijdagi Eyfel minorasi, Moskva davlat universitetining bosh binosi, Kuala-Lumpurdagi Petronas minoralari, Barselonadagi Agbar binosini zabt eta olgan.

“O‘rgimchak-odam” Defans tumanida shuningdek Total va Areva kompaniyalari binolariga ko‘tarilgan.

Ko‘proq yangiliklar: