Oliy sud raisi: «Odam savdosi – mislsiz daromad manbayiga aylanib bormoqda»

O‘zbekiston 22:08 / 13.11.2019 4524

13 noyabr kuni «International Hotel Tashkent» mehmonxonasida «Odam savdosiga qarshi kurashishda sudlarning o‘rni» mavzudagi xalqaro konferensiyasi o‘tkazildi.

Konferensiyada Oliy sud raisi Kozimjon Komilov so‘zga chiqdi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.

«Keyingi yillarda na chegara, na hudud tanlamaydigan, transmilliy xarakterga ega bu jinoyat turli jinoiy guruhlarning mislsiz foyda oladigan daromad manbayiga aylanib borayotgani o‘ylaymanki, inson, uning taqdiriga befarq bo‘lmagan biron-bir demokrat davlatni e'tiborsiz qoldirmaydi.

Bu jinoiy qilmish insonni barcha huquqlaridan mahrum qilib, «zamonaviy qullik» darajasiga solib qo‘yishga qaratilgani bilan ham o‘ta xavflidir.

Bugungi kunda O‘zbekiston odam savdosiga qarshi kurash bo‘yicha barcha xalqaro shartnomalarning asosiy ishtirokchisi hisoblanadi, odam savdosiga qarshi kurash bilan bog‘liq 60dan ortiq xalqaro aktga qo‘shilgan, BMTning 6ta asosiy xalqaro shartnomasi ishtirokchisi sanaladi.

Odam savdosiga qarshi kurashish bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasi Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish milliy komissiyasi etib qayta tashkil qilindi», – dedi Komilov.

Oliy sud raisiga ko‘ra, O‘zbekistonda odam savdosiga qarshi kurashda quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda:

Birinchidan, qonunchilik bazasi izchillik bilan takomillashtirib borilmoqda;

Ikkinchidan, davlat organlari, xalqaro tashkilotlar, jamoat birlashmalarining bu boradagi faoliyatini muvofiqlashtirishga alohida e'tibor qaratilmoqda;

Uchinchidan, kadrlar tayyorlash ishlari tubdan takomillashtirilmoqda;

To‘rtinchidan, xalqaro hamkorlik yanada keng yo‘lga qo‘yilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: