Nukus city qurilishi tufayli 400dan ortiq uy buziladi

O‘zbekiston 09:17 / 13.11.2019 14972

Nukus shahri markazida Nukus city shaharchasi qurilishi uchun belgilangan hududda 400dan ortiq xususiy uylar bosqichma-bosqich buzilishi belgilangan.

O‘zA’ning yozishicha, shahar ichidagi yangi shaharning qurilish ishlari kelgusi yilda boshlanadi. 

Bugungi kunda Nukus city loyihasining yangi varianti ishlab chiqilgan. Yangi shaharcha shahar markazidan oqib o‘tuvchi “Do‘stlik” kanalining chap qirg‘og‘idagi maydonga, ya'ni “Turon” mahalla fuqarolar yig‘iniga qarashli hududda barpo etiladi. Qurilish obektlari uchun birinchi bosqichda 43 gektar yer maydoni tanlangan bo‘lsa, ikkinchi bosqichda bu 53 gektarga yetkazildi. Nukus city'ning umumiy maydoni 70 gektardan ortiq bo‘ladi.

Qurilish uchun belgilangan hududda 400dan ortiq xususiy uylar bosqichma-bosqich buzilishi belgilangan. Ijtimoiy ahamiyatga ega ba'zi yirik obektlar – masjid, sport kolleji, suv basseyni, futbol stadioni va yangi qurilgan 4-5 qavatlik uylar buzilmaydi.

Nukus city'da dastlab 16 qavatlik uylar qurilishi rejalashtirilgan. Undan tashqari 20 qavatli mehmonxona, biznes markazlari, ko‘ngilochar maskanlar, banklar, savdo do‘konlari qurilishi ham nazarda tutilgan.

Xususiy uylarni buzib, ko‘chirish ishlari 3 bosqichda olib boriladi. Birinchi bosqichda 140ta uyning buzilishi va uning egalarini boshqa joyga ko‘chirish ishlari reja qilingan.

Ko‘proq yangiliklar: