Epsilon: «O‘zbekneftgaz» hamkorligida kompaniya qazib olinayotgan gazni yetkazib berish uchun quvurlar o‘rnatish ishlariga kirishdi

O‘zbekiston 20:10 / 13.11.2019 10102

Bir qatorli gaz o‘tkazuvchi yangi quvurlarning umumiy uzunligi 354 km ni tashkil etadi, hammasi bo‘lib esa 4 qatorli o‘tkazgichlar tortiladi.

Qazib chiqarilayotgan gazni yetkazib berish maqsadida joriy yilning 9 noyabr kuni ikkita ikki qatorli gaz o‘tkazuvchi quvurlarini ulash ishlari boshlandi - Nazarquduq YP dan to «Sho‘rtanneftgaz» NGQChB ning asosiy inshootlarigacha (67 km) hamda Chigil konlar guruhidan to Muborak GQIZ gacha (110 km). Bugungi kunga kelib, uzunligi 24 km ga teng bo‘lgan quvurlar o‘rnatilishga tayyor holatda va 7,7 km ga teng quvurlar qatorga payvandlangan, 70 ming tn quvur mahsulotlari esa yuklangan (43,5 km). 

Ishlar joriy yilning dekabr oyida yakunlanadi, natijada kuz-qish mavsumida aholi ehtiyojini qondirish hamda ichki bozorni to‘ldirish maqsadida kuniga qo‘shimcha 50 mln. kub.m. gacha bo‘lgan hajmdagi tabiiy gazni qayta ishlash uchun yo‘naltirish imkoni yaratiladi.

Kompaniya qurilish ishlarining borishi haqida ma'lumot yetkazishni davom ettiradi.

Epsilon kompaniyasi Matbuot xizmati

Ko‘proq yangiliklar: