«El-klasiko» boshlanish vaqti e'lon qilindi

Sport 18:37 / 13.11.2019 19730

Kataloniyadagi norozilik namoyishlari sababli 18 dekabr kuniga ko‘chirilgan La Liga doirasidagi «Barselona» - «Real» uchrashuvining boshlanish vaqti e'lon qilindi.

La Liganing «Tvitter»dagi rasmiy sahifasida e'lon qilinishicha, «Kamp Nou»da o‘tadigan o‘yin mahalliy vaqt bilan 20:00da, Toshkent vaqti bilan soat 23:59da boshlanadi.

Oldinroq, Ispaniya nashrlari «Barselona» va «Real» o‘rtasidagi uchrashuv sharqiy Osiyodagi katta futbol auditoriyasi uchun nisbatan vaqtliroq boshlanishi haqida ma'lumot berishgandi.

Ko‘proq yangiliklar: