Tramp Moralesning iste'fosini G‘arbiy yarimshardagi demokratiya uchun muhim voqea deb atadi

Jahon 01:21 / 12.11.2019 5675

Boliviya sobiq prezidentining ketishi xalqning ovozi eshitilishi uchun sharoit yaratadi, dedi AQSh prezidenti.

Boliviya prezidenti Evo Moralesning iste'fosi G‘arbiy yarimshardagi demokratiya uchun muhim on hisoblanadi. Bu haqda AQSh prezidentining bayonotida aytiladi.

"Boliviya prezidenti Evo Moralesning kechagi iste'fosi G‘arbiy yarimshardagi demokratiya uchun muhim on hisoblanadi. Hokimiyat tepasida qariyb 14 yillik hukmronlikdan hamda Boliviya konstitutsiyasi va xalq irodasini o‘zgartirishga urinishidan so‘ng Moralesning ketishi demokratiyani saqlab qoladi va Boliviya xalqining ovozi eshitilishi uchun sharoit yaratadi", - deyiladi Oq uy rahbarining bayonotida.

Ko‘proq yangiliklar: