Salvador prezidenti sunami xavfi tufayli aholini tepaliklarga chiqib olishga chaqirdi

Jahon 03:00 / 12.11.2019 6793

LID: Nikaraguada ham aholini tabiiy ofatdan himoya qilish choralari ko‘rilmoqda.

Salvador prezidenti Nayib Bukele mamlakat aholisini yaqinlashib kelayotgan sunami xavfi sababli balandliklarga evakuatsiya qilishga chaqirdi.

"AQSh mudofaa vazirligi ogohlantirish e'lon qildi. Sohilbo‘yi hududlarda yashovchilar balandliklarga chiqib olishlari kerak. Shuningdek, sohilga qayiqlar yetkazilishi lozim", deb yozdi u Twitter sahifasida.

Bundan tashqari, Bukele Nikaragua hukumati ham aholini tabiiy ofatdan himoya qilish choralarini ko‘rayotganini bildirdi.

Ko‘proq yangiliklar: