Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistondagi 4 ming advokat orasida 30 yoshgacha bo‘lganlari – atigi 70 nafar

Shuhrat Sodiqov
O‘zbekiston Advokatlar palatasi raisining birinchi o‘rinbosari Shuhrat Sodiqov seshanba kuni matbuot anjumanida advokatlar yetishmasligi muammosi haqida to‘xtalib o‘tdi.
«Biz sohaga yoshlarni jalb qila olmayapmiz. Talabalar bilan yaqindan ishlayapmiz, lekin ularni kasbimizga olib kirishda ikki yillik tajriba kerak. Bu – ikki yilni yo‘qotishdir.
Hozirda 4 ming advokat orasida 30 yoshgacha bo‘lganlari atigi 70 nafarni tashkil etadi. Bu ham sohadagi yoshlar bo‘yicha holatni ko‘rsatib turibdi. Talabgorlar yo chet elga o‘qish yoki ishga ketib qoladi, yo boshqa ish topib ketadi.
Advokatlar palatasi huzurida talabalar uchun klub ochganmiz. Kuni kecha unda saboq olayotgan Toshkent davlat yuridik universitetining 15 nafar talabasi advokat bo‘laman deyapti. Lekin ertaga: «2 yil senga ish bera olmayman», deganimizdan keyin uni boshqa ish beruvchi olib ketadi. Shu tariqa yosh kadrlarni ham yo‘qotyapmiz. Yangi qonunda bu to‘siqni olib tashlaymiz va umid qilamizki, advokatlar soni ortadi», – deya Sodiqovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Ma'lumot uchun, O‘zbekistonda 8 250 nafar fuqaroga 1 nafar advokat to‘g‘ri keladi. Bu ko‘rsatkich AQShda 256 nafar, Italiyada 260 nafar, Germaniyada 500 nafar, Ozarbayjonda 667 nafar, Gollandiyada 900 nafar, Fransiyada 1 403 nafar, Qozog‘istonda 4 000 nafar fuqaroga to‘g‘ri keladi.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
Italiya mafiyasining Lotin Amerikasidagi yetakchisi qo‘lga olindi
Jahon | 23:21
-
Fransiya tarkibida Yangi Kaledoniya davlati tashkil qilinadi
Jahon | 22:41
-
Abbos Fayzullayev TsSKA bilan ikkinchi sovrinini qo‘lga kiritdi
Sport | 22:15
Mavzuga oid

16:04 / 19.11.2023
O‘zbekiston Advokatlar palatasiga yangi rais saylandi

14:55 / 02.11.2023
Advokatlarning so‘z erkinligini cheklovchi loyiha kun tartibidan olib tashlandi

08:16 / 31.05.2022
«Elektron advokatlik orderi»ni berish yo‘lga qo‘yiladi

07:26 / 31.05.2022