Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi

O‘zbekiston 22:00 / 12.11.2019 29352

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 11 noyabrdagi PQ-4516-qarori bilan Bahodirjon Shermuhammadovich Shermuhammadov O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirining yoshlar, ma'naviyat va ma'rifat masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar bermoqda.

Shu vaqtgacha bu lavozim vakant bo‘lib turgandi.

Bahodirjon Shermuhammadov shu kunga qadar O‘zbekiston Respublikasi prezidenti administratsiyasi milliy qadriyatlar, ma'naviyat va ma'rifatni o‘rganish hamda rivojlantirish sho‘'basi bosh konsultanti lavozimida faoliyat yuritgan.

Bundan avvalroq Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirining birinchi o‘rinbosari Kongratboy Sharipov Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining yangi rektori etib tayinlangandi. Ayni vaqtda bu lavozim bo‘sh qolmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: