Erdo‘g‘an: NATO Turkiyani terrorizm bilan yakkama-yakka qoldirdi

Jahon 14:24 / 12.11.2019 12281

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an NATO terrorizmga qarshi kurashda Turkiyaga yordam bermayotganini aytdi.

"NATO mamlakatlari biz tarafga o‘girilishi biz uchun juda muhim. Alyansning 3-4 dekabr kunlari Londonda bo‘lib o‘tadigan sammitiga katta ahamiyat qaratmoqdamiz. NATO o‘z ittifoqchisini terrorizmga qarshi kurashda yolg‘izlatib qo‘yishini izohlashning iloji yo‘q", - dedi Erdo‘g‘an AQShga uchib ketishi oldidan.

U AQShni yana bir bor suriyalik kurdlarga 30 mingtadan ortiq yuk mashinasida qurol yetkazib berishda aybladi.

AQSh va Turkiya 17 oktabr kuni Anqaraning Suriyadagi harbiy operatsiyasini 120 soatga to‘xtatib turishga va kurd jangarilarining bufer hududidan olib chiqib ketilishiga kelishib olgandi. Keyinroq Erdo‘g‘an AQSh kelishuvni to‘liq bajarmaganini aytdi.

Turkiya prezidenti 12-13 noyabr kunlari rasmiy tashrif bilan AQShda bo‘ladi.

Ko‘proq yangiliklar: