Milliy gvardiya qo‘mondoni Bahodir Tashmatov Qozog‘iston delegatsiyasini qabul qildi

O‘zbekiston 16:30 / 12.11.2019 14933

Qozog‘iston Respublikasi Milliy gvardiyasi bosh qo‘mondoni, general-leytenant Ruslan Jaksilikov boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekiston Respublikasiga tashrif buyurdi.

Tashrifning dastlabki kunida Qozog‘iston Respublikasi Milliy gvardiyasi bosh qo‘mondoni Ruslan Jaksilikov O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondoni Bahodir Tashmatov bilan uchrashdi.

Milliy gvardiya xabariga ko‘ra, uchrashuv davomida ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish, o‘zaro tajriba almashish doirasida birgalikdagi o‘quv-amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazish masalalari muhokama qilindi.

Ko‘proq yangiliklar: