Kun.uz «Mega Tanlov» g‘oliblarini aniqladi

Light 19:02 / 12.11.2019 16346

Kun.uz sayti oktabr oyida telegramdagi kanalida umumiy jamg‘armasi 15 million so‘m bo‘lgan yutuqli tanlovga start bergandi. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari ushbu tanlovda faol qatnashishdi va jami 256 ming 826 nafar ishtirokchidan 120 ming 71 nafar kishi e'lon qilingan shartlarni to‘liq bajardi.

Tanlov yakunida kompyuterda random usuli orqali uch nafar g‘olib aniqlandi.

Tahririyat g‘oliblarning ikki nafari bilan bog‘landi. 

Dastlab № 21606 raqam egasi Malika Saidovaga ushbu tanlovda g‘olib chiqib, 5 million so‘m miqdoridagi yutuqqa ega bo‘lgani xabari yetkazildi. 

№199805 raqam egasi Oygul Xojiyeva bilan ham suhbatlashdik. Bu g‘olibimiz Sirdaryo viloyati Xovos tumanida istiqomat qilar ekan. U yutuqni o‘qishi uchun kontrakt puli sifatida to‘lamoqchi.

Hozircha uchinchi g‘olib bilan bog‘lanishning imkoni bo‘lmayapti. Tez orada bu omadli inson bilan ham bog‘lanib, xushxabarni yetkazishga harakat qilamiz. 

Tez orada barcha g‘oliblarga yutuqlar topshiriladi. Ularning har biri 5 million so‘mdan pul mukofoti olishadi. Shu o‘rinda, konkursda ishtirok etgan boshqa mushtariylarimizga ham minnatdorchilik bildiramiz. 

Kun.uz’dan uzoqlashmang, bu hali hammasi emas. Bizda bunday tanlovlar yana o‘tkaziladi. Kanalni kuzatishda davom eting.

Ko‘proq yangiliklar: