Kreml Nazarboyevning Putin va Zelenskiy uchrashuvi to‘g‘risidagi taklifiga javob qaytardi

Jahon 15:25 / 12.11.2019 27758

Rossiya va Ukraina rahbarlarining uchrashuvi mazmunli kun tartibisiz samarali bo‘lmaydi, dedi Rossiya prezidenti Vladimir Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov.

Avvalroq Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev Putin va Zelenskiy o‘rtasidagi uchrashuvda vositachilik qilishga tayyorligini bildirgandi. 

«Biz Nazarboyevga minnatdorlik bildiramiz va qozog‘istonlik hamkorlarimiz, Nazarboyevning Rossiya-Ukraina munosabatlarini yo‘lga solishdagi sa'y-harakatlarini yuqori baholaymiz. Prezident Putin munosabatlar tiklanishi tarafdori, ammo buni Kiyev tomonining ana shunday munosabatisiz amalga oshirish imkonsiz», — dedi Peskov.

U Rossiya prezidenti ukrainalik hamkasbi bilan ehtimoliy uchrashuvga tayyorligini bildirdi.

«Putin bunday uchrashuvlarni rad etmasligini aytgan, ammo uchrashish uchungina uchrashuv o‘tkazish oz foyda keltiradi deb hisoblaydi. Hozirda barcha e'tiborimiz normandcha shakldagi uchrashuvga tayyorgarlikka qaratilgan», — dedi Peskov.

Ko‘proq yangiliklar: