Kembrij lug‘ati yil so‘zini tanladi

Jahon 21:25 / 12.11.2019 5094

Ushbu so‘z onlayn-lug‘atda 2011 yilda paydo bo‘lgan va hozirga qadar uning tez-tez qo‘llanishi darajasi 181 foizga oshgan.

“Upcycling”ni sanoat ko‘lamida emas, maishiy ko‘lamda “qayta ishlash” deb tarjima qilish mumkin. Bu eski buyumlar yoki chiqindilardan mebel, kiyim-kechak va boshqa buyumlarning tayyorlanishidir.

“Biz upcycling negizida yotgan g‘oya odamlarni ushbu so‘zning o‘zidan ko‘proq jalb qiladi, deb hisoblaymiz. Iqlimning tobora avj olayotgan o‘zgarishini to‘xtatishning iloji yo‘qdek. Biroq utillashtirish inson qo‘lidan keladigan va vaziyatni o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan aniq harakatdir”, deb aytgan Kembrij lug‘ati nashriyot bo‘limi rahbari Vendalin Nikols.

Yil so‘ziga shuningdek “carbon sink” – “uglerod yutuvchisi” (masalan, katta miqdorda uglerodni qayta ishlab, issiqxona effektini kamaytiruvchi o‘rmon massivi), “compostable” – “bioparchalanuvchi material”, “preservation” – “tabiiy majmualarni saqlash” so‘zlari ham da'vogarlik qilgan.

Avvalroq ingliz tilining izohli lug‘ati Collins English Dictionary climate strike, ya'ni “iqlimiy zabastovka” iborasini yil so‘zi deb topgandi.

Ko‘proq yangiliklar: