Iroqdagi viloyatlardan birida politsiyachilar namoyishchilarga qo‘shilishdi

Jahon 21:41 / 12.11.2019 5956

Iroqning Karbalo viloyatidagi politsiya boshqarmalarining ofitser va xodimlari namoyishchilarning hukumatga talablarini qo‘llab-quvvatlab ularga qo‘shilishdi. Bu haqda Iraqna portali xabar berdi. 

Nashrning ma'lumot berishicha, kuch ishlatish tuzilmalarining yuzlab xodimlari namoyishlarda qatnashgan. Namoyishchilarning asosiy talablari yangi ish o‘rinlari yaratilishi, ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatining yaxshilanishi, korrupsiyaga qarshi kurashish, mamlakat siyosiy tizimining isloh qilinishidir.

Elaph nashrining xabariga ko‘ra, mamlakatdagi keskin vaziyat sababli Karbaloda yashovchi eronliklar bu yerni tark eta boshlagan. Ma'lum qilinishicha, eronliklar o‘z mulklarini sotishmoqda va vatanlariga qaytishmoqda.

Iroqda oktabr oyidan buyon norozilik namoyishlari o‘tkazilmoqda. Namoyishchilar hukumat iste'fosini va muddatidan oldin parlament saylovlari o‘tkazilishini talab qilishmoqda. 

Ko‘proq yangiliklar: