Financial Times nashrini ilk bor ayol kishi boshqaradi

Jahon 20:09 / 12.11.2019 2236

Nashrning ma'lum qilishicha, uning bosh muharriri Layonel Barber ushbu lavozimni 14 yil egallagandan keyin 2020 yil yanvarda iste'foga ketadi. Barber gazetada umumiy hisobda 34 yil ishlagan. U o‘z lavozimidan ketishining sababini ma'lum qilmagan.

Rula Xalaf

Barberning o‘rnini kim egallashi haqidagi yangilik o‘zini kuttirib qo‘ymadi. Ma'lum qilinishicha, bosh muharrir lavozimini nashrda 24 yildan beri faoliyat yuritib kelayotgan, 2016 yildan Barberning o‘rinbosari bo‘lgan Rula Xalaf egallaydi. Bungacha Xalaf xorijiy mavzulardagi, jumladan Yaqin Sharq bilan bog‘liq maqolalarga mas'ul bo‘lgan.

1888 yilda aka-uka Goratsio Vilyam Bottomli va Jyeyms Sheridan tomonidan asos solingan Financial Times nashri dunyoning 24 ta shahrida ingliz tilida 350 mingdan ko‘proq nusxada chop etildi. Moliya va biznes olami yangiliklarini chop etishga ixtisoslashgan gazetaning bosh qarorgohi Londonda joylashgan.

Ko‘proq yangiliklar: