Toshkent shahar hokimligi qoshidagi jamoatchilik kengashi o‘z ishini davom ettiradi

O‘zbekiston 10:50 / 11.11.2019 1983

Toshkent shahar hokimligi qoshidagi jamoatchilik kengashi o‘z ishini davom ettiradi. Bu haqda poytaxt hokimligi xabar berdi.

Jamoatchilik kengashi iyun oyida o‘z ishini vaqtincha to‘xtatgan edi. 8 noyabr kuni Diyor Mirzaahmedov raisligida kengash yana yig‘ilgan. Birinchi yig‘ilish tashkiliy-axborot tarzida o‘tkazildi. 

“Yangilangan kengashning ishi shahar uchun foydali bo‘lgan aniq loyihalarni ishlab chiqish hamda hokimiyat faoliyatining turli yo‘nalishlarida ekspertlik ko‘magini berishga yo‘naltiriladi. Birinchi yig‘ilishda texnik jarayon masalalari muhokama qilindi – komissiyalar tarkibi, jamoat kengashiga a'zo bo‘lish/a'zolikdan chiqish reglamenti va boshqa joriy masalalar ko‘rib chiqildi”, - deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning iyul oyi oxirida tadbirkor Hikmat Abdurahmonov Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi raisi lavozimidan ketgandi.

Ko‘proq yangiliklar: