Test savollari tuziladigan darsliklar ro‘yxati eslatib o‘tildi

O‘zbekiston 12:46 / 11.11.2019 14920

Bloger Xushnudbek Xudoyberdiyev Davlat test markazi tomonidan e'lon qilingan 2019-2020-o‘quv yilida umumta'lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida qo‘llanilayotgan darslik va o‘quv-metodik qo‘llanmalar ro‘yxati haqida eslatib o‘tdi.

«Nihoyat Davlat test markazi 2019-2020 o‘quv yilida umumta'lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida qo‘llanilayotgan darslik va o‘quv-metodik qo‘llanmalar ro‘yxatini rasmiy veb-saytida e'lon qildi.

Darsliklar ro‘yxatini quyidagi manzil orqali tegishli fan va tilni tanlagan holda bilishingiz mumkin:

https://dtm.uz/info/textbooks

Demak, 2020-2021 o‘quv yili uchun kelasi yilda bo‘ladigan test sinovlarida savollar ushbu darsliklardan shakllantiriladi.

Mana, shu ma'lumotlarni cho‘zmasdan, oktabr oyidayoq e'lon qilsa bo‘larkan-ku. Hamma narsaning imkoni bor, faqat xohish va harakat bo‘lsa kifoya.

Endi asosiy masala - qaysi yo‘nalishga qaysi fandan test savollari tushishini tezroq ma'lum qilish kerak. Bu bo‘yicha ham yaqin orada yangilik kutamiz», deyiladi postda.

Ko‘proq yangiliklar: