Qashqadaryo viloyati Moliya bosh boshqarmasi boshlig‘i ishdan olindi

O‘zbekiston 13:40 / 11.11.2019 50808

Qashqadaryo viloyat hokimligi axborot xizmatining xabar berishicha, 11 noyabr kuni Qashqadaryo viloyat hokimligi moliya bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimini tark etib, uning o‘rnini shu vaqtgacha viloyat pensiya jamg‘armasi boshlig‘i vazifasida ishlab kelgan Fayzulla Yoqubovich Yusupov egallagan.

Shuningdek, faoliyatidagi ayrim kamchiliklari uchun G‘uzor tumani hokimi S.Boboqulovga O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining tegishli moddalariga asosan xayfsan berilgan.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning 26 oktyabrida Zoyir Mirzayev Qashqadaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangandi.

Ko‘proq yangiliklar: