Ruminiyada prezident saylovlari bo‘lib o‘tadi

Jahon 07:49 / 10.11.2019 2308

Ruminiyada 10 noyabrda prezident saylovlarining birinchi turi bo‘lib o‘tadi. 

Shu munosabat bilan mamlakatda soat 7dan boshlab 18 mingdan ko‘proq saylov uchastkasi ishlay boshlaydi. Mamlakatning 19 mln kishisi ovoz berish huquqiga ega.

Agar nomzodlardan birortasi ko‘pchilik ovoz to‘play olmasa, unda 24 noyabrda eng ko‘p ovoz to‘plagan 2 nomzod ishtirokida 2-tur bo‘lib o‘tadi. Ruminiya prezidenti 5 yillik muddatga saylanadi.

Eng oliy lavozimga 14 nomzod, jumladan amaldagi prezident, 60 yoshli Klaus Yoxannis da'vogarlik qilmoqda. Aynan u saylovlarning yetakchisi hisoblanadi. 

Ko‘proq yangiliklar: