Kaliforniyada yong‘inlar tufayli Warner Brothers kinostudiyasida evakuatsiya o‘tkazildi

Jahon 11:30 / 10.11.2019 3032

9 noyabrda Kaliforniyadagi tabiiy yong‘inlar sababli Hollivudning eng yirik kinostudiyalaridan biri – Warner Brothers’da evakuatsiya o‘tkazildi. Bu haqda Los Angeles Times nashri xabar berdi. 

Evakuatsiya ehtiyot chorasi sifatida o‘tkazilgan. Yong‘inlarni o‘chirishda 230ga yaqin o‘t o‘chiruvchi ishtirok etmoqda. Ulardan biri jarohat olib, shifoxonaga olib ketilgan.

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, ayni vaqtda Los-Anjyeles atrofida, Universal Studios kinostudiyasi va attraksionlar bog‘i yaqinidagi o‘rmonlar yonmoqda. 

 

Ko‘proq yangiliklar: