Ispaniyadagi posyolkalardan birida saylovchilar 32 soniya ichida ovoz berishni yakunlab rekord o‘rnatdi

Jahon 15:10 / 10.11.2019 3029

Ispaniyadagi Vilyarroya posyolkasida muddatidan oldin parlament saylovlarida ovoz berish jarayoni atigi 32 soniyani oldi.

Bu aholi maskanida bor-yo‘g‘i sakkiz nafar saylovchi ro‘yxatga olingan bo‘lib, ular har safar ovoz berishda rekord o‘rnatishga harakat qilishadi. Ularning oxirgi rekordi bundan to‘rt yil oldin qayd etilgan bo‘lib, o‘shanda ovoz berish jarayoni qirq ikki soniya davom etgan, deb xabar berdi Efe agentligi.  

Imkon qadar tezroq ovoz berish uchun ular saylov uchastkasiga jarayon boshlanishidan yarim soat ilgari kelishdi va navbatga turishdi. Barcha saylovchilar 32 soniya ichida ovoz berib bo‘lganidan so‘ng meriya kotibasi Klara Martines ovoz berish yakunlangani haqida saylov komissiyasiga hisobot berdi.

Bugun, 10 noyabrda Ispaniya parlament saylovlari bo‘lib o‘tmoqda, bu keyingi to‘rt yil ichida o‘tkazilayotgan to‘rtinchi va 2019 yilda muddatidan oldin o‘tkazilayotgan ikkinchi saylovdir.  

Jami 37 million kishi saylovda ovoz berish huquqiga ega bo‘lib, ulardan 34,9 millioni Ispaniya hududida yashaydi.

 

 

Ko‘proq yangiliklar: