Dunyoning eng xavfsiz aviakompaniyalari reytingi tuzildi
Avstraliyaning eng yirik aviatashuvchisi «Qantas» 2019 yilda ham dunyodagi eng xavfsiz aviakompaniya deb topildi.

Foto: Qantas
Keyingi yili yuz yoshga kiradigan va hozir faoliyat yuritayotgan barcha aviakompaniyalar ichida uchinchi eng uzoq tarixga ega «Qantas» AirlineRatings saytining xavfsizlik borasidagi 2019 yilgi reytingida birinchi o‘rinda qayd etildi.
Ikkinchi pog‘onada «Air New Zealand» ko‘rsatilgan bo‘lsa, yuqori uchlikni Amerikaning «Alaska Airlines» kompaniyasi yakunlab berdi.
AirlineRatings jami 405ta aviakompaniyaning faoliyatini o‘rganib chiqib, ular orasidan 21ta eng xavfsizini tanlab olgan.
To‘rtinchi o‘rindan boshlab, ro‘yxatga quyidagi aviatashuvchilar kiritildi: All Nippon Airways (Yaponiya), American Airlines (AQSh), Austrian Airlines (Avstriya), British Airways (Britaniya), Cathay Pacific (Hongkong), Emirates (BAA), Eva Air (Tayvan), Finnair (Finlyandiya), Hawaiian Airlines (AQSh), KLM (Niderlandiya), Lufthansa (Germaniya), Qatar Airways (Qatar), Scandinavian Airlines (Daniya, Norvegiya, Shvetsiya), SwissAir (Shveytsariya), Singapore Airlines (Singapur), United Airlines (AQSh), Virgin Atlantic (Britaniya), Virgin Australia (Avstraliya).
2019 yilning eng xavfsiz loukosterlari sifatida quyidagi o‘nta aviakompaniya qayd etilgan (alifbo tartibida): Flybe (Britaniya), Frontier (AQSh), HK Express (Hongkong), Jetblue (AQSh), Jetstar (Avstraliya, Osiyo), Thomas Cook (Britaniya), Volaris (Meksika), Vueling (Ispaniya), Westjet (Kanada), Wizz (Vengriya).
Mavzuga oid

21:51 / 14.01.2025
Qantas SpaceX raketasi bo‘laklarining qulash xavfi sabab reyslarini kechiktirdi

00:40 / 03.01.2025
Moldovada Rossiya aviakompaniyalari parvozlarini taqiqlash taklif etildi

23:05 / 26.08.2024
Avstraliya aviakompaniyasi xatolik tufayli 300 dan ortiq chiptani arzon narxda sotib yubordi

20:45 / 07.06.2021