Suriyada turkiyalik va suriyalik harbiylar o‘rtasida to‘qnashuv yuz berdi

Jahon 19:06 / 09.11.2019 15653

Suriya hukumati kuchlari va Turkiya armiyasi harbiylari o‘rtasida Suriya shimoli-sharqida "shafqatsiz to‘qnashuv" sodir bo‘ldi, deb xabar berdi Suriyaning SANA agentligi.

To‘qnashuv Xasaka viloyatidagi Ras-al-Ayn shahri yaqinida yuz bergan.

Associated Press agentligining xabar berishicha, to‘qnashuv vaqtida yirik kalibrli pulemyotdan o‘t ochilgan. Agentlik bu quroldan qaysi taraf foydalanganiga aniqlik kiritmagan.

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an 9 oktyabrda kurd jangarilari va IShID terrorchilariga qarshi kurashish maqsadida "Tinchlik bulog‘i" operatsiyasi boshlanganini e'lon qilgandi.  

"Tinchlik bulog‘i" operatsiyasi Turkiya va Rossiya o‘rtasidagi muzokaralardan so‘ng 23 oktyabrda to‘xtatildi.

Ko‘proq yangiliklar: