Dilerda sotilgan avtomobilni bevosita avtosalonda davlat ro‘yxatiga olish tartibi joriy etiladi

O‘zbekiston 11:15 / 09.11.2019 20861

Toshkent shahri va Toshkent viloyati hududlarida avtotransport vositalari savdosi bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar (diler)da sotilgan avtotransport vositalarini bevosita joyi (avtosalon)da davlat ro‘yxatiga olish tartibi tajriba tariqasida joriy qilinadi.

Harakat xavfsizligini ta'minlash, yo‘l-transport hodisalarining oldini olish, yo‘l harakati ishtirokchilariga qulay shart-sharoitlar yaratish va IIV Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” loyihasida aytilishicha, yo‘l harakati xavfsizligi sohasida aholiga ko‘rsatilayotgan ayrim xizmatlarni takomillashtirish mo‘ljallanmoqda.

Bunda quyidagilar rejalashtirilgan:

aholiga xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash maqsadida shartnoma asosida (tadbirkorlik sub'yektlari bilan) faoliyat ko‘rsatuvchi ichki ishlar organlari DYHXX tizimlarida qo‘shimcha shtat birliklarini joriy etish;

ichki ishlar organlari DYHXX tizimlarida shartnoma asosida shtat birliklarini joriy qilish tartibi to‘g‘risida keng jamoatchilik orasida targ‘ibot va tashviqot ishlarini tashkil etish;

avtotransport vositalari savdosi bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar (diler) bilan shartnoma tuzgan holda ichki ishlar organlari DYHXX uchun shtat birliklarini joriy etish va tajriba tariqasida Toshkent shahri va Toshkent viloyati hududlarida avtotransport vositalari savdosi bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar (diler)da sotilgan avtotransport vositalarini bevosita joyi (avtosalon)da davlat ro‘yxatiga olish tartibini joriy qilish.

Ijro muddati - 2019-2020 yillar va 2019 yil yakuniga qadar, mas'ul ijrochilar - IIV, QR IIV, Toshkent shahar va Toshkent viloyati IIBB, viloyatlar IIBlari hamda “O‘zavtosanoat” AJ, IIV.

Ko‘proq yangiliklar: