Yevropa Ligasi. «Sevilya» va «Seltik» pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi

Sport 01:03 / 08.11.2019 4164

Yevropa Ligasi gurux bosqichining 4-turidan o‘rin olgan bir qancha o‘yinlar yakunlandi. «Sevilya» ketma-ket to‘rtinchi g‘alaba erishib, muddatidan avval pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

«Latsio» o‘z uyida «Seltik»ka qarshi bahs yuritdi. Rimliklar  95-daqiqada gol o‘tkazib yuborib, mag‘lubiyatga uchrashdi va keyingi bosqichga chiqish imkoniyatlarini pasaytirib yuborishdi. Shotlandiya klubi esa pley-offga chiqqan ikkinchi jamoaga aylandi.

Shuningdek, «Sporting», «Krasnodar», «Bazel» klublari  o‘z hisoblariga 3 ochkodan yozib qo‘yishdi. 

Yevropa Ligasi, 4-tur, 7 noyabr

A guruh

APOEL – Qorabog‘ 2:1
Gollar: Lukas (59), Ioannu (88) – Medvedev (10).

Dyudelanj – Sevilya 2:5
Gollar: Sinani (69, 80) – Dabbur (17, 36), Munir (27, 33, 66).

V guruhi

Kopengagen – Dinamo K 1:1
Gollar: Stage (4) – Verbich (70). 

Lugano – Malmyo 0:0

S guruhi

Krasnodar – Trabzonspor 3:1
Gollar: Fernandesh (27, 35), Ignatev (90+3) – Toni (90+4).

Bazel – Xetafe 2:1
Gollar: Kabral (8), Fray (60) – Mata (45, penalti).

D guruhi

Rusenborg – Sporting 0:2
Gollar: Koates (16), Bruno Fernandesh (38).

LASK – PSV Eyndxoven 4:1
Gollar: Ranftl (56), Frizer (60), De Mello (77, 82) – Shvab (5, penalti).

Ye guruhi

Latsio – Seltik 1:2
Gollar: Immobile (7) – Forrest (38), Nshan (90+5).

ChFR Kluj – Renn 1:0
Gol: Rondon (87).

F guruhi

Standart – Ayntraxt 1:1
Gollar: Vanxyosden (56) – Kostich (65).

Ko‘proq yangiliklar: