Toshkentda bir haydovchi ikkinchisiga to‘pponcha bilan tahdid qildi. IIBB rasmiy ma'lumot berdi

Jamiyat 07:55 / 08.11.2019 64450

Internet tarmog‘ida haydovchilar o‘rtasida yuzaga chiqqan kelishmovchilik aks etgan video tarqalib, unda haydovchilardan biri to‘pponcha bilan o‘qtalgani tasvirlangan. Keyinchalik aniqlanishicha, ushbu to‘pponcha plastmassadan tayyorlangan o‘yinchoq bo‘lgan.

Olmazor tumani IIO FMB xodimlari tomonidan ushbu faktning tekshiruvi o‘tkazilib, hodisa ishtirokchilari va kelishmovchilik sabablariga aniqlik kiritildi

Hodisa svetofor ishlamasligi oqibatida tirbandlik yuzaga kelgan Keles ko‘chasida sodir bo‘ldi. Ikkita avtomobillar haydovchilari – "Matiz" rusumli avtomobilni boshqargan 28 yoshli F.Yu. va "Kobalt" avtomobilini boshqargan 51 yoshli J.J. bir-birlariga yo‘l bermaganliklari oqibatida ular o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga chiqqan. Janjal davomida F.Yu. J.J.ga o‘yinchoq to‘pponcha bilan tahdid qilgan.

Ushbu mojaro bo‘yicha tekshiruv davom etmoqda, uning natijalariga ko‘ra mojaro ishtirokchilariga huquqiy baho beriladi.

Ko‘proq yangiliklar: