Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda kinoturizmni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar qabul qilinadi

Foto: KUN.UZ
Mamlakatda kinoturizmni yanada jadal rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar qabul qilinadi. Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori loyihasi muhokama uchun joylashtirildi.
Quyidagilar:
Xorijiy kompaniyalarga O‘zbekiston Respublikasi hududida audiovizual mahsulotlarni yaratishda xarajatlar qismini (“rebate”) kompensatsiya qilish tartibi to‘g‘risidagi Nizom;
Davlat mulki obektlarini hamda moddiy madaniy meros va qo‘riqlanadigan tabiat hududlari obektlarini xorijiy kinokompaniyalarga bevosita shartnomalar bo‘yicha qisqa muddatli ijaraga berish, shuningdek qisqa muddatli ijara shartnomalari bo‘yicha differensiatsiyalangan tarif stavkalarini belgilash tartibi;
O‘zbekiston Respublikasi hududida audiovizual mahsulotlarni yaratishda xarajatlar qismini (“rebate”) kompensatsiya qilish dasturida ishtirok etish to‘g‘risida Namunaviy bitim tasdiqlanadi.
Belgilab qo‘yilishicha:
a) Davlat mulki obektlari xorijiy kinokompaniyalarga balans egasi (mulkdor) va xorijiy kinokompaniya yoxud O‘zbekiston Milliy kinokomissiyasi o‘rtasida bevosita shartnomalar asosida ijaraga beriladi;
b) Davlat mulki obektlarining xorijiy kinokompaniyalarga qisqa muddatli ijaraga berilishidan tushgan mablag‘lar quyidagi tarzda taqsimlanadi:
60 foizi – balans egalari (mulkdorlar) hisob-kitob varag‘iga;
40 foizi – O‘zbekiston Respublikasi Davlat turizmni rivojlantirish qo‘mitasi huzuridagi budjetdan tashqari Turizm sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga kinoturizmni yanada rivojlantirish va takomillashtirish uchun yo‘naltiriladi;
v) O‘zbekiston Milliy kinokomissiyasi topshiriq shartnomasi asosida mahalliy qonuniy munosabat sub'yektlari bilan munosabatlarda xorijiy kinokompaniyalarning ishonchli vakili bo‘lishga haqli, ishonchli vakil xorijiy kinokompaniyalar mablag‘lari hisobiga mahalliy qonuniy munosabat sub'yektlari bilan moliyaviy operatsiyalarni va o‘zaro hisob-kitoblarni amalga oshirish huquqiga ega bo‘ladi;
g) O‘zbekiston Milliy kinokomissiyasi talabnomalari bo‘yicha moddiy madaniy meros va qo‘riqlanadigan tabiat hududlari obektlari bevosita qisqa muddatli ijara shartnomalari asosida audiovizual mahsulotlarni yaratish uchun uchinchi shaxslarga obektdan foydalanishni qisman cheklash huquqi bilan qisqa muddatli ijaraga beriladi.
Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Madaniyat vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bir oy muddatda xorijiy kinokompaniyalarga binolar va inshootlar, shuningdek asbob-uskunalar ijaraga berilganligi uchun differensiatsiyalangan tarif stavkalarini tasdiqlaydi.
O‘zbekiston Milliy kinokomissiyasiga xorijiy kinokompaniyalar nomidan va hisobidan jismoniy shaxslar yagona daromad solig‘ini to‘lash va yagona ijtimoiy to‘lovni to‘lash bilan birga ommaviy sahnalarda (massovkalarda) suratga olish uchun jalb qilingan jismoniy shaxslarga, shuningdek audiovizual mahsulotni yaratishda rekvizit sifatida foydalanish uchun mulklarni jismoniy shaxslardan sotib olishda yoki ulardan vaqtincha foydalanishda bir kunga eng kam ish haqining bir baravaridan yuqori bo‘lmagan miqdorda haq to‘lash huquqi beriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi va Milliy gvardiya O‘zbekiston Milliy kinokomissiyasi talabnomalari bo‘yicha belgilangan tartibda pullik asosda quyidagilarni ta'minlaydi:
jamoat tartibini saqlash, ishtirokchilar (suratga olish guruhi va boshqalar) bir joydan boshqa joyga o‘tish xavfsizligi, shuningdek audiovizual mahsulotni yaratish hamda tayyorgarlik tadbirlarini o‘tkazish joylaridagi obektlar va hududlar atrofini o‘rab qo‘yish;
audiovizual mahsulotni yaratishda rekvizitlar sifatida foydalanish maqsadlari uchun qurol va boshqa harbiy maqsadlar uchun mo‘ljallangan texnikani taqdim qilish.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
AQSh Senati qo‘mitasi Ukrainaga 500 mln dollarlik yordam ajratishni ma’qulladi
Jahon | 02:32
-
Dubayda bosh oshpaz rolini sun’iy intellekt bajaradigan restoran ochiladi
Fan-texnika | 01:29
-
Shavkat Mirziyoyev mahalla inspektori bo‘lgan katta leytenantga kapitan unvonini berdi, fuqarolarni yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi belgilandi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:54 / 11.07.2025
Mavzuga oid

08:44 / 06.06.2022
Parrandachilikni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimi o‘zgaradi

09:01 / 08.04.2022
«Olima ayollar jamiyati» nimalar bilan shug‘ullanishi ma’lum bo‘ldi

07:51 / 26.03.2022
2021 yilda qurilishdagi baxsiz hodisalar oqibatida 84 nafar ishchi halok bo‘lgan

07:28 / 09.03.2022