O‘zbekiston-Qozog‘iston: «Parlamentlararo xotin-qizlar klubi» faoliyati yo‘lga qo‘yiladi

O‘zbekiston 10:24 / 08.11.2019 2267

Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyevaning Qozog‘iston Respublikasiga rasmiy tashrifi chog‘ida xotin-qizlarning davlat va jamiyat hayotidagi faolligini yanada oshirish, ayollar tadbirkorligini keng qo‘llab-quvvatlash masalalarida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida O‘zbekiston va Qozog‘iston parlamentlari Senatlari rahbarligida “Parlamentlararo xotin-qizlar klubi” tashkil etish hamda O‘zbekiston va Qozog‘iston tadbirkor ayollari biznes-forumini o‘tkazish taklifi bildirildi. 

Senat axborot xizmati xabariga ko‘ra, O‘zbekiston tomonining mazkur tashabbusini Qozog‘iston rasmiylari ham qo‘llab-quvvatladilar.  

Xotin-qizlar ishtirokini yanada faollashtirishni nazarda tutuvchi mazkur parlament tuzilmasi, avvalo, davlat va jamiyat hayotiga oid muhim masalalarga kompleks gender yondashuvni ta'minlashga hamda bu masalada tajriba almashishga qaratilgan. Shuningdek, bu tuzilmaning faoliyati ayollarga oid masalalar bo‘yicha oqilona siyosat yuritishga, davlat tomonidan qabul qilinayotgan har bir qarorda ularning manfaatlari inobatga olinishini ta'minlashga ko‘maklashadi.

Xotin-qizlar parlament tuzilmalari mavjud bo‘lgan mamlakatlarda bunday tashkilotlar turli partiyalar vakilalari o‘rtasida qonunchilikning ustuvor yo‘nalishlarini kelishib olishda muhim muloqot maydoni vazifasini o‘taydi hamda gender tenglikni ta'minlashda doimo amaliy samara beradi. Shuningdek ushbu tuzilmalarning faoliyati parlament kun tartibiga bevosita ta'sir ko‘rsatish imkonini taqdim etadi.

Ko‘proq yangiliklar: