Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mudofaa vazirligi bo‘linmasi havo hujumiga qarshi raketani amalda muvaffaqiyatli qo‘lladi

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va Harbiy havo kuchlariga qarashli bo‘linma shaxsiy tarkibi jangovar tayyorgarlik o‘quv rejasiga ko‘ra, Navoiy viloyatida joylashgan “Qulquduq” havo-yer harbiy poligonida havo hujumiga qarshi raketani amalda muvaffaqiyatli qo‘lladi.
Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamentining Kun.uz’ga xabar berishicha, Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugdan marsh davomida shaxsiy tarkib muayyan oraliq vaqtlar mobaynida jangovar texnikalarni texnik nazorat ko‘rigidan o‘tkazish, ularga yonilg‘i quyish, shuningdek, xalqaro va magistral yo‘llar, shahar hamda aholi zich yashaydigan hududlarda harakatlanish chog‘ida barcha xavfsizlik qoidalariga qat'iy rioya etgan holda “Qulquduq” havo-yer poligoniga kelib o‘rnashdi.
Harbiy xizmatchilar “Qulquduq” poligonida jangovar texnikalarni belgilangan tartibda xavfsiz, funksional pozitsiyalarda joylashtirdi. Yuqori qo‘mondonlik o‘rtasida va ichki tartibda o‘zaro aloqa o‘rnatildi. “Osmon himoyachilari”ning mazkur jangovar o‘quv-mashg‘ulotda qo‘yilgan vazifani a'lo darajada bajarishi uchun barcha zarur moddiy-texnik vositalar ta'minoti tashkillashtirildi.
Jangovar shay holatga keltirilgan zenit-raketa majmualari ishga tushirildi: dastlab, harbiy aviatsiya orqali yaqin masofadagi nishon havoga qo‘yib yuborildi. Havodagi jism haqida to‘liq va aniq ma'lumotlarga tayangan holda, raketa jangovar holatda otildi. Nishon qisqa vaqt ichida bexato urib tushirildi; shundan so‘ng, uzoq masofadagi nishonlarni urib tushirishga mo‘ljallangan zenit-raketa majmuasi o‘z “ish”ini boshladi. Havoga shartli dushman – uchuvchisiz uchish apparati uchirildi.
Shaxsiy tarkib boshqaruv va qo‘mondonlik punktida uzoq masofadagi nishonning oraliq masofasi, harakati va tezligini aniqlab, kuzatuvga oldi. So‘ngra yuqori qo‘mondonlikning “Nishon yo‘q qilinsin!” buyrug‘iga binoan havo-yer raketasi jangovar otish holatida nishon tomonga yo‘nalish oldi. Sanoqli soniyalarda shartli dushman uchish apparati butkul zararsizlantirildi.
Qo‘yilgan jangovar vazifa a'lo darajada bajarildi, deyiladi ma'lumotda.
Tavsiya etamiz
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 15:18 / 15.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Slovakiya Rossiyaga qarshi 18-sanksiya paketini bloklashni to‘xtatdi
Jahon | 14:41
-
Rustem Umerov boshqa ishga o‘tdi
Jahon | 14:31
-
Iyulda kam ta’minlangan oilalarga qancha moddiy yordam ajratilgani aytildi
Jamiyat | 14:23
-
“Bir o‘zi tarbiyalayotganlar”: Yolg‘iz onalar farzandlari uchun ikki barobar kuchli bo‘lishni qanday uddalashmoqda?
Jamiyat | 14:14
Mavzuga oid

12:30 / 12.07.2025
Ukrainada Germaniya hisobidan uzoq masofali raketalar ishlab chiqariladi

10:56 / 12.07.2025
O‘zbekiston va Pokiston mudofaa sanoati sohasida hamkorlik o‘rnatyapti

14:55 / 03.07.2025
London va Berlin o‘zaro mudofaa shartnomasini imzolaydi

23:22 / 30.06.2025