Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Imomali Rahmonning tansoqchilari Parijda tojik muxolifatchilari bilan mushtlashib ketishdi

Foto: Sputnik
Joriy yilning 7 noyabr kuni kechqurun, Tojikistonda taqiqlangan «Guruh 24» muxolifat harakati tarafdorlari mamlakat prezidentining xavfsizlik xizmati xodimlari bilan Parij markazida mushtlashib ketishdi. Imomali Rahmon 7 noyabr kuni kechqurun Shveytsariyadan Yevropa safari doirasida Parijga keldi, deya xabar beradi «Axbor» sayti.
Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, «Guruh 24» tarafdorlari Fransiya-Tojikiston ishbilarmonlar kengashi a'zolari bilan uchrashuv joyiga yaqin yerda Imomali Rahmonning siyosatiga qarshi shiorlar aytib baqirishgan. Shu payt prezidentning tansoqchilari namoyishchilar oldiga yaqinlashishgan va tarqalishni talab qilishgan, ammo dahanaki jang haqiqiy mushtlashuvga aylanib ketgan.
Namoyishchilarning xabar berishicha, mushtlashuvdan so‘ng voqea joyiga 50ga yaqin fransuz jandarmi va tez tibbiy yordam mashinasi yuborilgan. Jandarmlar tojik muxolifati va Tojikiston prezidentining xavfsizlik xizmati xodimlari o‘rtasiga turib olishgan hamda Imomali Rahmonning fransuz-tojik ishbilarmonlar kengashi doirasida fransuz ishbilarmonlari bilan uchrashadigan joyiga yaqinlashishga imkon berishmagan.
Imomali Rahmon o‘z safarini 4 noyabr kuni Shveytsariyadan boshladi va 5 noyabr kuniyoq «Guruh 24» tarafdorlari Shveytsariya poytaxti deb hisoblanuvchi Bern shahrida birinchi norozilik piketini o‘tkazishdi.
7 noyabr kuni kechqurun Rahmon Fransiyadagi tadbirkorlar va investorlar bilan uchrashdi, shundan so‘ng bir qator hujjatlar imzolandi. Imzolangan hujjatlar orasida «Talko» va Fransiyaning Fives kompaniyasi o‘rtasida 200 million yevro miqdoridagi kelishuv ham bor.
Mavzuga oid

17:39 / 30.05.2025
2023 yilda muzliklar 600 gigatonna suv yo‘qotdi – Imomali Rahmon

17:37 / 17.05.2025
Tojikistonda Hajga yozilganlar mablag‘larini hududni obodonlashtirish uchun sarfladi

17:55 / 14.05.2025
Tojikistonda ijtimoiy tarmoqlarda «layk» bosganlik uchun jinoiy javobgarlik bekor qilindi

17:14 / 12.04.2025