Eron fuqarolari Italiya pasporti bilan O‘zbekistonga kirishga urindi

O‘zbekiston 11:28 / 08.11.2019 39436

Joriy yilning 3 noyabr kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida “Istanbul-Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha poytaxtga kelgan bir guruh shaxslarning qing‘ir ishlari fosh bo‘ldi. 

DXX Chegara qo‘shinlari xabariga ko‘ra, ushbu shaxslarning Italiya davlatiga tegishli fuqarolik pasportlari tekshirilganda qalbaki ekanligi aniqlandi. Olib borilgan surishtiruv ishlari davomida ushbu shaxslar aslida Eron Islom Respublikasi fuqarolari ekanligi ma'lum bo‘ldi.

Qayd etilishicha, bu shaxslarga qonunchilikda belgilangan tartibda chora ko‘rilgan.

Eslatib o‘tamiz, so‘nggi yillarda mamlakatda turizm salohiyatini qo‘llab-quvvatlash, tashrif buyurayotgan sayyohlar oqimini oshirish maqsadida qariyb 60dan ortiq xorijiy davlat fuqarolari uchun O‘zbekistonga 30 kungacha vizasiz tartib joriy qilindi. Natijada yurtimizga kelayotgan sayyohlar oqimi ikki barobarga ko‘paydi. 

Ko‘proq yangiliklar: