AQSh “Al-Qoida”ning ikki yetakchisi uchun 10 mln dollargacha pul va'da qildi

Jahon 08:32 / 08.11.2019 8017

AQSh davlat departamenti “Al-Qoida Arabiston yarimorolida” terrorchilik guruhining ikki yetakchisini tutishda yordam beradigan axborot uchun 10 mln dollargacha mukofot puli belgiladi.

“Davlat departamentining Rewards for Justice (Odil sudlovga yordam uchun mukofot) dasturi Sa'd bin Atif Al-Ovloqiyning qayerdaligi haqidagi axborot uchun 6 mln dollargacha, Ahmad Mahmud al-Qosiy haqidagi axborot uchun 4 mln dollargacha mukofot puli taklif qiladi”, deyilgan xabarda.

Vashingtonning ma'lum qilishicha, ikki jangari AQShga hujum qilishga chaqirgan. Ta'kidlanishicha, jangarilardan biri Al-Qosiy 2001 yil Pokistonda qo‘lga olinib, so‘ngra Guantanamo qamog‘iga o‘tkazilgan. U 2001 yilda o‘zini “Al-Qoida” bilan til biriktirishda va terrorchilikka moddiy yordam ko‘rsatishda aybdor deb tan olgan. AQSh uni 2012 yilda ozod qilib, Sudanga qaytargan.   

Rewards for Justice dasturi 1984 yildan beri amal qilib keladi. Ayni vaqtgacha AQSh eng katta mukofot puli – 25 mln dollarni IShID yetakchisi Abu Bakr al-Bag‘dodiy haqidagi axborot uchun taklif qilgan.  

Ko‘proq yangiliklar: