Yaponiyadagi portlardan biridagi konteyner ichidan 400 kilo kokain topildi

Jahon 16:29 / 07.11.2019 3272

Uning bozor narxi 8 milliard iyen (73,3 million dollar) turadi. Shu yilning avgustida Toyoxasi shahrida 177 kilogramm kokain partiyasi ushlangandi.

Yaponiyaning Kobe portidagi konteynerlardan biri ichidan 400 kilogramm kokain topildi. Bu haqda Kiodo agentligi xabar berdi.

Agentlikning ma'lumot berishicha, uning bozor narxi 8 milliard iyen (73,3 million dollar) turadi. Shu yilning avgustida Toyoxasi shahrida 177 kilogramm kokain partiyasi ushlangandi.

Giyohvandlik moddasi Kobega xorijdan keltirilgan, deb yozmoqda agentlik.

"Yaqin vaqtga qadar kokain asosan xorijliklar iste'mol qiladigan giyohvandlik moddasi edi, ammo keyingi paytda u mamlakatda keng tarqalmoqda", - deya manba so‘zlaridan iqtibos keltiradi agentlik.

Ko‘proq yangiliklar: