NATO bosh kotibi AQSh Xitoyning ta'siri kuchayayotganligidan tashvishda ekanini aytdi

Jahon 20:46 / 07.11.2019 7385

 AQSh Xitoyning ta'siri kuchayib borayotganligidan tashvishlanmoqda. Bu haqda NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg ma'lum qildi.

«AQSh har doim eng yirik iqtisodiyotga, eng ilg‘or texnologiyalarga ega bo‘lgan, u hamma narsada eng katta bo‘lgan. Hozirda Xitoy kattalashmoqda – ulkan iqtisodiyot, yirik YaIM, harbiy xarajatlarni oshirmoqda va texnologiyalarni rivojlantirmoqda», - dedi u.

Stoltenberg «Xitoy yangi texnologiyalarni rivojlantirishda jahon yetakchisiga aylanayotganini» ta'kidladi. 

«5Gdan tortib qiyofani aniqlash texnologiyalarigacha, kvant hisoblashlardan tortib ulkan hajmdagi global ma'lumotlarni yig‘ishgacha. Shu bois Xitoyning ta'sir doirasi o‘sib borayotganligi xavfsizligimiz uchun nimani anglatishini tushunishimiz lozim», - dedi Stoltenberg.

Ko‘proq yangiliklar: