Kuz kelishi bilan oyoqlarning terlashi avj oladimi?

Light 15:01 / 07.11.2019 28554

Mana kuzning so‘nggi oyini ham qarshi oldik. Endilikda bizni izg‘irin havo, qalin kiyimlar va yog‘ingarchiliklar qarshi oladi. Ayniqsa, poyabzalni sovuq o‘tkazmaydiganiga almashtirishga to‘g‘ri keladi. Albatta, salomatlikda eng muhimi oyoqni issiq tutishdir, deb bejizga aytilmaydi.

Bir tasavvur qiling, mehmonga tashrif buyurdingiz, katta dasturxon bezatilgan. Lekin qayerdandir oyoqlarning yoqimsiz hidini his qila boshladingiz, eng yomoni esa – bu hidni aynan sizdan kelishidir.

Bunday holatga ko‘pchilik, ayniqsa, kun bo‘yi ko‘chada ishlab, krossovka yoki tuflida yuradigan yigitlar tushishi mumkin. Lekin barcha noqulayliklarga yechim mavjud. Qanday deysizmi? Unda bizning maslahatlarni diqqat bilan o‘qing.

Terlash

Tez-tez terlaydigan oyoqlarga  — paypoqlarni doimiy tarzda almashtirib turish orqali kurashish mumkin.  Agarda kun davomida terlash yaxshi singdirilishini istasangiz, paxta va kashemir matosidan tikilgan sifatli paypoqlarni sotib oling. Tarkibida sintetika foizi yuqori bo‘lgan paypoqlarni xarid qilishni aslo maslahat bermaymiz.

Oyoq kiyim tanlovi

Xuddi paypoqlar kabi sizning yopiq poyabzalingiz ham namlikni yig‘ib, oyoqni qizdirib yubormasligi kerak. Shu sababli garderobingizda faqatgina bitta oyoq kiyim bo‘lishidan saqlaning. Har kuni bo‘lmasa-da, haftada ikki-uch marotaba poyabzalni almashtirib turing. Muhimi, ularni sotib olayotganda, albatta sifati va terisining xususiyatlariga ahamiyat bering.

Stress

Inson tushkun kayfiyatga tushsa yoki asablari taranglashsa, unda qattiq terlash holati kuzatiladi. Bu tabiiy tibbiy holat bo‘lib, bu o‘z navbatida tananing kuchli ter chiqarishiga sabab bo‘ladi. Agarda siz tez-tez terlashga moyil bo‘lsangiz, o‘zingiz bilan qo‘shimcha paypoqlar va nam sochiqchalarni olib yuring.

Zamburug‘li infeksiya

Bu terlashning eng yoqimsiz va kutilmagan sababidir. Noqulayliklardan tashqari, zamburug‘lar yuqumli bo‘lib, oyoq kasalliklariga olib kelishi mumkin. Odatda, zamburug‘lar dushdan so‘ng oyoq barmoqlarining orasi yaxshi artilmaganidan yoki haddan ziyod kremlarni surishdan paydo bo‘ladi. Bu holatda albatta, shifokorga uchrashish zarur.

Antiperspirant

Siz oyoq terlashiga qarshi maxsus antiperspirantdan foydalanasizmi? Aksariyat hollarda, insonlar oyoq uchun bu muhim emas, deb hisoblashadi. 

Lekin sifatli vositalar ter ajralishini sezilarli darajada kamaytiradi va yoqimsiz hidlarning oldini olishga yordam beradi.

ECO DRY antiperspiranti universal vosita bo‘lib, uni terlaydigan tana a'zolarining barchasi (ko‘krak, qo‘ltiq osti, qo‘l kafti, oyoq)ga qo‘llash mumkin. U hech qanday xavfli kasallik qo‘zg‘atmaydi va insonni badbo‘y hiddan hamda haddan ziyod terlashdan yaxshi himoya qiladi. 

Siz uni sepgach, har qanday paypoq va kiyimlarni bemalol kiyishingiz mumkin. Oyoqni yuvganda ham qayta qo‘llashga ehtiyoj sezilmaydi, sababi u o‘z ta'sirini uzoq vaqtgacha yo‘qotmaydi.

Yana bir jihat: mahsulotning tarkibida inson terisiga ziyon keltiruvchi vositalar yo‘q. Shu sababli siz undan bemalol istalgan vaqtda foydalanishingiz mumkin. 

Biz sizlarga ko‘plab iste'molchilar tomonidan yaxshi qabul qilingan antiperspirantni tavsiya berdik. Oyoqning badbo‘y hididan qutulish uchun qanday vositadan foydalanasiz? Tanlov o‘zingizda! 

Murojaat uchun telefon: +998 99 400 42 44 | +998 93 567 14 14 | +998 97 742 14

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: