AQSh Janubiy Koreyadan qo‘shma mudofaa uchun xarajatlarni besh baravarga oshirishni talab qilmoqda – OAV

Jahon 14:42 / 07.11.2019 5368

YTN telekanalining ma'lumot berishicha, Vashington Janubiy Koreya to‘laydigan badalning bir qismi Koreya yarim orolidan tashqaridagi AQSh qurolli kuchlarini saqlab turish uchun taqsimlanishini ham talab qilmoqda.

Vashington Seuldan Koreya yarim orolidagi AQSh askarlarini saqlab turish uchun xarajatlarni besh baravarga oshirishni talab qildi. YTN telekanalining bildirishicha, gap 4,7 mlrd dollar to‘g‘risida bormoqda.

AQShning mazkur pozitsiyasi haqida Koreya Respublikasining birlashishi bo‘yicha parlament qo‘mitasi rahbari Yun San Xyon ma'lum qilgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, 6 noyabr kuni Qo‘shma Shtatlarning mudofaa xarajatlarini taqsimlash masalalari bo‘yicha vositachisi Jyeyms Dexart Yun San Xyon bilan muzokara chog‘ida ana shu fikrni bildirgan. So‘ralgan 5 trln von ($4,7 mlrd) miqdoridagi mablag‘ Koreya yarim orolidagi Amerika qo‘shinlarining jangovar qobiliyatini oshirishga va ularning ehtiyojlari uchun sarflanadi.

Shu bilan birga, YTN telekanalining ma'lumot berishicha, Vashington Janubiy Koreya to‘laydigan badalning bir qismi Koreya yarim orolidan tashqaridagi AQSh qurolli kuchlarini saqlab turish uchun taqsimlanishini ham talab qilmoqda.

Yun San Xyon bu talab qo‘shma mudofaa uchun xarajatlarni taqsimlash to‘g‘risidagi kelishuvga muvofiq kelmasligini, shu bois parlament deputatlari roziligini olish kerakligini aytgan.

Qo‘shma Shtatlar qo‘shinlari 1950 yildan buyon Janubiy Koreyada bo‘lib, ularning bu mamlakatda bo‘lish tartibi qo‘shma mudofaa to‘g‘risidagi kelishuv asosida tartibga solinadi.

Ko‘proq yangiliklar: