AQSh bosh prokurori Trampni qo‘llab-quvvatlashdan bosh tortgani ma'lum qilindi 

Jahon 23:10 / 07.11.2019 9273

Bu haqda vaziyatdan xabardor shaxslarga iqtibos keltirgan holda The Washington Post nashri xabar bermoqda. Ta'kidlanishicha, Tramp Barrdan matbuot anjumani uyushtirib, unda Zelenskiy bilan suhbat chog‘ida prezident hech qanday qonunbuzarlikka yo‘l qo‘ymaganini aytishni so‘ragan. Biroq bosh prokuror buni qilishdan bosh tortgan.  

Tramp Zelenskiy bilan iyuldagi suhbati davomida ukrainalik hamkasbini AQShning sobiq vitse-prezidenti va 2020 yilgi prezident saylovlariga nomzod Jo Bayden va uning o‘g‘li Xanterga nisbatan tergov boshlashga majburlamoqchi bo‘lganlikda gumon qilinmoqda. Jumladan, Vashington tomonidan Ukrainaga 400 mln dollarlik harbiy yordam taqdim qilinishi va Trampning Zelenskiy bilan uchrashuvi go‘yoki tergov boshlanishi-boshlanmasligiga bog‘liq bo‘lgan. Shu sababli AQSh kongressining vakillar palatasi Trampga nisbatan impichment jarayonini boshladi.

Tramp Barrdan qo‘llab-quvvatlashini so‘ragani haqidagi xabarni “feyk” deb atagan. “The Washington Post men Bill Barrdan matbuot anjuman o‘tkazishni so‘raganim haqidagi voqeani o‘ylab topgan. Bu hech qachon bo‘lmagan va ularda manba yo‘q”, deb yozgan AQSh prezidenti tvitterda.

AQSh adliya vazirligi ushbu holat yuzasidan izoh berishdan bosh tortdi.

Ko‘proq yangiliklar: