YeChL. «Borussiya» va «Chelsi»da kambeklar, «Liverpul»da qiyin g‘alaba

Sport 03:12 / 06.11.2019 13604

Chempionlar Ligasining to‘rtta guruhida 4-tur o‘yinlari yakunlandi. 

«Chelsi» o‘z maydonida «Ayaks»ni qabul qildi va 1:4 hisobini durangga aylantirishga erishdi. London klubi g‘alabaga qozonishi ham mumkin edi. Chunki «Ayaks» so‘nggi 20 daqiqani 9 kishi bo‘lib o‘tkazdi.

«Borussiya» Dortmund esa «Inter» ustidan irodali g‘alabaga erishdi. Birinchi bo‘limdan so‘ng Milan jamoasi hisobda ikkita gol farqi bilan oldinda borayotgandi, ammo maydon egalari ikkinchi bo‘limda Antonio Konte shogirdlari darvozasiga uchta to‘p kiritishga muvaffaq bo‘lishdi.

Shuningdek, «Liverpul», «Lion» va «Valensiya» klublari ham 4-turda hisoblariga 3 ochkodan yozib qo‘yishdi. «Napoli» esa o‘z uyida ochko yo‘qotdi.

YeChL, 4-tur, 5 noyabr

Ye guruhi

Liverpul – Genk 2:1
Gollar: Veynaldum (14), Chemberlen (53) – Samata (40).

Napoli – Zalsburg 1:1
Gollar: Losano (43) – Holand (11, penalti).

F guruhi

Borussiya D – Inter 3:2
Gollar: Hakimi (51, 77), Brandt (64) – Martines (5), Vesino (40).
Borussiya D: Byurki, Akanji, Xummels, Xakimi, Shuls, Gyotse (Alkaser, 64), Vaygl, Azar (Gerreyru, 88), Vitsel, Brandt, Sancho (Pishchek, 82). 
Inter: Xandanovich, Godin, Shkrinyar, de Vrey, Biragi (Latsaro, 66), Kandreva, Barella, Vesino (Sensi, 68), Brozovich, Martines, Lukaku (Politano, 73).
Ogohlantirishlar: Biragi (1), Shkrinyar (30), Kandreva (48), Azar (79).

Barselona – Slaviya 0:0

G guruhi

Lion – Benfika 3:1
Gollar: Andersen (4), Depay (33), Traore (89) –Seferovich (76).

Zenit – Leypsig 0:2
Gollar: Demme (45+5), Zabitser (63).

N guruhi

Chelsi – Ayaks 4:4
Gollar: Jojino (4 penalti, 71 penalti), Aspilikueta (63), Jyeyms (74) – Abraham (2, avtogol), Promes (20), Arrisabalaga (35, avtogol), Van de Bek (55).
Chelsi: Arrisabalaga, Zuma, Aspilikueta, Alonso (Jyeyms, 46), Tomori, Maunt (Hadson-Odoi, 60), Jorjino, Pulishich, Kovachich (Batshuayi, 87), Villian, Abraham. 
Ayaks: Onana, Blind, Talyafiko, Mazraui, Martines, Neres (Alvares, 72), van de Bek, Promes, Ziyosh (Sxyurs, 72), Tadich, Veltman. 
Ogohlantirishlar: Veltman (31), Blind (33), Tomori (42), Aspilikueta (45), Promes (62).
Chetlatishlar: Blind (68), Veltman (69).

Valensiya – Lill 4:1
Gollar: Parexo (66, penalti), Sumaoro (82, avtogol), Kondogbia (84), Ferran Torres (90) – Osimxen (25).

Ko‘proq yangiliklar: