Poroshenkoning prezidentlik davridagi daromadlari tekshiriladi

Jahon 22:54 / 06.11.2019 8893

Kiyevning Pecherskiy rayon sudi davlat tergov byurosi xodimlariga Ukraina pensiya jamg‘armasidagi Pyotr Poroshenkoning mamlakat prezidenti bo‘lgan davridagi daromadlariga oid hujjatlarni o‘rganish huquqini berdi. Bu haqda sud qaroriga tayanib "Delovaya stolitsa" nashri xabar berdi.

Qarorga muvofiq, Poroshenkoning 2014 yil 7 iyundan 2019 yil 19 maygacha bo‘lgan davrdagi hisoblangan oylik maoshi, daromadlari, sug‘urta to‘lovlari bilan bog‘liq ma'lumotlar tekshiriladi.

Sud qarori shikoyatga o‘rin qoldirmagan.

Xabarda aytilishicha, qaror Pyotr Poroshenkoning Maldiv orollarida ta'til o‘tkazishi bilan bog‘liq surishtiruv doirasida qabul qilingan.

Avgust oyi boshida davlat tergov byurosi Poroshenkoni 2018 yilda Maldiv orollariga soxta hujjatlar bilan borganlikda gumonlab jinoyat ishini ro‘yxatga olgandi. 

Ko‘proq yangiliklar: