O‘smirlar o‘rtasidagi Butunjahon shaxmat olimpiadasida O‘zbekiston 2-o‘rinni oldi

Sport 18:58 / 06.11.2019 3550

O‘zbekistonlik yosh shaxmatchilar Turkiyaning Chorum shahrida bo‘lib o‘tgan 16 yoshgacha o‘smirlar o‘rtasidagi Butunjahon shaxmat olimpiadasida 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

28 oktabr kuni boshlangan olimpiada bugun, 6 noyabrda yakunlandi.

Musobaqada O‘zbekiston sharafini Xalqaro toifadagi grossmeysterlar Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindarov, FIDe sport ustasi Ali Kasimov, Muhiddin Madaminov, xalqaro toifadagi sport ustasi Umida Omonova himoya qildi.

Ular turnirda qatnashgan 250dan ortiq ishtirokchi orasida jami 15 ochko bilan umumjamoa hisobida 2-o‘rinni egalladilar.

Olimpiada 9 turdan iborat bo‘lib, shveysarcha tizimda o‘tkazildi. Birinchi o‘rin Ozarbayjon terma jamoasiga nasib etdi, kuchli uchlikni belaruslik yosh shaxmatchilar kuchli uchlikni yakunlab berdi.

O‘zbekiston vakillari shaxsiy natijasiga ko‘ra ham qator medallarga sazovor bo‘ldilar. Xalqaro grossmeysterlar Nodirbek Abdusattorov 1-taxtada 2-o‘rinni, Javohir Sindarov esa 2-taxtada 2-o‘rinni egalladi.

Delegatsiya a'zolari 7 noyabrga o‘tar kechasi Turkiyadan qaytib keladi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilgi Olimpidada o‘zbekistonlik o‘smirlar oltin medalga sazovor bo‘lgan edi.

Ko‘proq yangiliklar: