«Narxoz»ga yangi rektor tayinlandi

O‘zbekiston 12:40 / 05.11.2019 97685

O‘zbekiston Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi matbuot xizmati Kun.uz’ga xabar berishicha, bu lavozimni Kongratboy Avezimbetovich Sharipov egallagan.

Kongratboy Sharipov shu vaqtga qadar Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirining birinchi o‘rinbosari sifatida ishlab kelayotgandi. U biroz avvalroq tanqidiy ruhda o‘tkazilgan yig‘ilishda ishdan bo‘shatilgan Bahodir Xodiyev o‘rnida ish boshlaydi.

Kongratboy Sharipov 2009-2010 va 2017-2019 yillarda Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti rektori sifatida, 2010-2017 yillarda shu universitetda moliyaviy va iqtisodiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor lavozimida ishlagan. 2019 yilning mayida Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlangandi.

Ko‘proq yangiliklar: